» » “Forish”ga uyushtirilgan media-tur: Xalqaro armiya o‘yinlariga ilk bor mezbonlik qilayotgan O‘zbekiston

“Forish”ga uyushtirilgan media-tur: Xalqaro armiya o‘yinlariga ilk bor mezbonlik qilayotgan O‘zbekiston


Kecha, 23-iyul kuni Mudofaa vazirligi tomonidan bir guruh jurnalist va blogerlar uchun Jizzax viloyatida joylashgan “Forish” tog‘-dala poligoni bo‘ylab media-tur tashkil etildi.

O‘zbekiston armiyasi tarixida OAV vakillari uchun hali biror marta bu qadar keng ko‘lamli tadbir tashkil etilmagan bo‘lsa kerak, sayohat respublikaning nufuzli internet nashrlari, televideniye vakillari hamda blogerlar uchun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.

Xalqaro armiya o‘yinlarining “Harbiy-tibbiy estafeta” yo‘nalishiga ilk bor mezbonlik qilayotgan O‘zbekiston mehmonlarni kutib olishga barcha sharoitlarni yaratgan. Jizzax bag‘rida harbiy shaharcha emas, “Harbiy mamlakat” bunyod etilgandek go‘yo. Armiya bo‘lgani bilan milliyligimizni targ‘ib etuvchi detallarni har bir qadamda uchratasiz. Har bir viloyatning hunarmandchilik va kosibchilik an’analarini namoyot etib turuvchi uychalar esa… Shunchaki tahsinga sazovor.

Uch soat davomida bosib o‘tilgan uzoq yo‘ldan keyin “Forish” poligoniga kirib bordik. Harbiy orkestr sadolari ostida kutib olingan OAV vakillari uchun dastlab matbuot anjumani tashkil etildi. Unda O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov hamda Mudofaa vazirligi Tibbiy ta’minot boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Nosirjon Fozilov ishtirok etib, Xalqaro armiya o‘yinlari haqida ma’lumot berdi.

“ArMI—2019” xalqaro armiya o‘yinlari 2019-yilning 3-avgustidan 17-avgustga qadar 10 ta davlat hududida (Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Eron, Armaniston, Hindiston, Mo‘g‘uliston va O‘zbekiston) o‘tkaziladi. Undan dunyoning 85 ta davlatidan jamoalar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Joriy yilda O‘zbekiston quyidagi 14 yo‘nalish bo‘yicha musobaqada ishtirok etadi: “Qo‘shin razvedkasi a’lochisi”, “Xavfsiz marshrut”, “Yelburs halqasi”, “Yo‘l patruli”, “Sodiq do‘st”, “Merganlar marrasi”, “Qurolsoz usta”, “Musaffo osmon”, “Tank biatloni”, “Artilleriya olovi ustasi”, “Dala oshxonasi”, “Harbiy rally”, “Rembat” va “Harbiy-tibbiy estafeta”.

“Harbiy-tibbiy estafeta” — harbiy shifokorlar va tibbiy bo‘linmalar orasida o‘q otish, maxsus tibbiy ko‘nikmalarni (birinchi yordam, yaradorni jang maydonidan olib chiqish va boshqa) bajarish bo‘yicha musobaqa. Musobaqa ikki bosqichda o‘tkaziladi:

2019-yilgi Xalqaro armiya o‘yinlarining mazkur yo‘nalishida 12 ta davlat vakillari birinchilik uchun o‘zaro kurashadi — Armaniston, Angola, Ozarbayjon, Belarus, Rossiya, Vetnam, Qozog‘iston, Zimbabve, Myanma, Tojikiston va O‘zbekiston. Venesuyela kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.

Shundan so‘ng, general-mayor Azizbek Ikramov hamrohligida poligonda yaratilgan sharoitlar bilan bevosita tanishish imkoniyati berildi. Ming marta eshitgandan, bir marta ko‘rgan yaxshi.

Yaratilgan sharoitlar bilan tanishib bo‘lgach, “Tayfun”da tog‘-dala poligoni tomon yo‘l oldik.

Askar dasturxoni esa barchamizga manzur bo‘ldi. Hatto ayrimlarimiz shu yerda xizmat qilib qolishga tayyor ekanliklarini ham bildirdi

Muhtasar qilib aytganda Mudofaa vazirligi jamoasi va poligoni shundayin nufuzli musobaqani kutib olishga tayyor. Endi faqat g‘olib bo‘lish qoldi. Omad!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2019, 17:59)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют