» » Gollivudning taniqli aktyori Rutger Xauer vafot etdi

Gollivudning taniqli aktyori Rutger Xauer vafot etdi


Asli niderlandiyalik bo‘lgan Gollivudning taniqli aktyori Rutger Xauer vafot etdi. Bu haqda uning agentiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, 75 yoshli aktyor uzoq davom etmagan kasallikdan keyin Niderlandiyadagi uyida 19-iyulda vafot etgan. Uning dafn marosimi bir 24-iyul kuni bo‘lib o‘tgan.

Xauer 1944-yil Amsterdam yaqinidagi Brekelen shaharchasida dunyoga kelgan. Aktyorlik faoliyatini 1960-yillar oxirida boshlagan va “Floris” teleserialidan keyin mashhurlikka erishgan.

Aktyor “Tig‘ ustida yuguruvchi”, “Hamroh”, “Ajdodlar chorlovi”, “So‘qir g‘azab”, “Betmen: Ibtido”, “Gunohlar shahri” kabi filmlarda rollar ijro etgan. 1988-yilda “Sobibordan qochish” mini-serialidagi ikkinchi plandagi roli uchun “Oltin globus” mukofot bilan taqdirlangan, 1999-yilda vatanida “Yuz yillikning eng yaxshi aktyori” nomiga sazovor bo‘lgan.

Xauer 150 dan ko‘proq filmda suratga tushgan. Bundan tashqari, u o‘zini ssenariychi, prodyuser va rejissyor sifatida ham sinab ko‘rgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют