» » Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosarini yoqib yuborgan tadbirkorning do‘koni buzilmaydigan bo‘ldi

Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosarini yoqib yuborgan tadbirkorning do‘koni buzilmaydigan bo‘ldi


Yakkabog‘lik tadbirkor, tuman hokimi o‘rinbosari Mansur To‘ymayevga benzin sepib yoqib yuborgan Bahriddin Isomovning do‘koni buzilmaydigan bo‘ldi. Yetkazilgan moddiy esa zarar sud orqali undiriladi. Bu haqda “Daryo”ga tadbirkorning o‘g‘li Sharofiddin Daminov ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev yakkabog‘lik tadbirkor Bahriddin Isomov va tuman hokimi o‘rinbosari Mansur To‘ymayev o‘rtasidagi mojaroni yechish uchun bugun, 27-iyul kuni Yakkabog‘ tumanida bo‘lib turibdi.

Yakkabog‘ tuman hokimligi matbuot xizmati rahbari Bozor Azizovning xabariga ko‘ra, Zafar Ro‘ziyev erta tongdan Yakkabog‘ tumanining “Eski Yakkabog‘” qo‘rg‘onchasida bo‘lib, tadbirkorlar bilan uchrashgan. Yakkabog‘lik tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazib, ularning buzilgan do‘koni uchun kompensatsiya puli to‘lanmayotgani xususidagi muammo va murojaatlarini tinglagan.

— Bugun tushgacha davom etgan muloqotda viloyat hokimi 30 ga yaqin do‘koni buzilgan tadbirkorlarga buzilgan do‘koni yonida bo‘lib turishlarini, buzib tashlangan do‘kon yoniga shaxsan o‘zi borib, kompensatsiya puli hisoblanib, to‘lab berilishini nazoratga olishini bildirdi, — deydi Bozor Azizov.

Matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, Zafar Ro‘ziyev tadbirkor Bahriddin Isomovning turmush o‘rtog‘i Nodira Haydarova hamda farzandi Sharofiddin Daminov bilan alohida tartibda muloqot o‘tkazgan.

Aytilishicha, viloyat hokimi tuman hokimi o‘rinbosari Mansur To‘ymayev haqida gapirmagan. Ammo tadbirkorning do‘koni o‘z o‘rnida qolishini, tadbirkorga yetkazilgan zarar sud tartibida undirilishi lozimligini ta’kidlagan.

Shuningdek hokim tuman hokimligi va tadbirkorlar o‘rtasida yuzaga kelgan tushunmovchilik va anglashilmovchiliklarga chek qo‘yish maqsadida, “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar mazmun-mohiyati haqida tushuntirgan.

Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, tadbirkorlar talabi qondirilgan.

Mavzuga doir: Yakkabog‘lik tadbirkor tomonidan yoqib yuborilgan hokim o‘rinbosari 30 ga yaqin do‘konni buzib, kompensatsiya to‘lamagani aytilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют