» » Yangiyo‘lda mijozning Lacetti’sini yo‘lga haydab chiqqan “moyka”chi velosiped mingan o‘smirning hayotiga nuqta qo‘ydi

Yangiyo‘lda mijozning Lacetti’sini yo‘lga haydab chiqqan “moyka”chi velosiped mingan o‘smirning hayotiga nuqta qo‘ydi


Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 27-iyul kuni inson o‘limi bilan tugagan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot guruhi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tumandagi avtoyuvish shoxobchalaridan birida ishlovchi 1994-yilda tug‘ilgan E.D. shoxobchaga tashlab ketilgan Lacetti’ning qarovsiz qoldirilganidan foydalanib, hech bir hujjatsiz mashinani yo‘lga haydab chiqqan.

Avtoyuvish shoxobchasi ishchisi mashinani “Mehnatobod” mahallasining O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab boshqarib ketayotib, velosiped mingan 2006-yilda tug‘ilgan M.M.ni urib yuborgan; o‘smir voqea joyida halok bo‘lgan.

“Hozirda holat yuzasidan tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi rasmiy axborotda.

Ushbu hodisa munosabati bilan Toshkent viloyati IIBB YHXB haydovchilarga murojaat qilib, avtomobillarni avtoyuvish shoxobchalari (“moyka”lar)da qarovsiz qoldirmaslikni, 27-iyul kuni yuz bergan hodisada mashinasini shoxobchada qarovsiz qoldirib ketgan haydovchining ham aybi borligini ta’kidlagan.

“Toshkent viloyati IIBB YHXB ota-onalardan farzandlariga Yo‘l harakati qoidalarida ko‘rsatib o‘tilganidek, 14 yoshdan keyin ko‘chalarda velosiped minishga ruxsat berishlarini hamda ularda velosiped minish ko‘nikmalarini shakllantirishlari lozimligini so‘raydi”, — deyiladi boshqarma bayonotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 35) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют