» » AQShda dunyodagi “eng aqlli” kuchuk vafot etdi

AQShda dunyodagi “eng aqlli” kuchuk vafot etdi


Dunyodagi eng aqlli kuchuk hisoblangan Bordel-kolli zotiga mansub Cheyser 15 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi “TASS”.

Cheyser mingdan ortiq o‘yinchoqlarning nomini tushungani va turli murakkab buyruqlarni bajargani bilan tanilgan. Ta’kidlanishicha, Cheyser insonlarni hisobga olmaganda, ilm-fanga ma’lum eng ko‘p “so‘z zaxirasi”ga ega jonzot hisoblanadi. Kuchuk psixologiya professori Jon Pillining uyida yashagan.

Cheyser yangi predmetlar nomini istisno tarzida xotirasida saqlab qolgan, ya’ni oldin eshitmaganlari orasidan ularni farqlay olgan. Pilli kuchukni 2004-yilda rafiqasidan sovg‘a sifatida qabul qilib olgach, uni mashq qildira boshlagan. 2013-yilda u Cheyser haqida AQShda bestsellerga aylangan kitob yozgan. Professorning o‘zi 2018-yilning iyunida olamdan o‘tgan bo‘lib, shundan buyon kuchukka uning qizi qarab kelayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют