» » OTMlarga kirish imtihonlari sabab Farg‘onadagi bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi

OTMlarga kirish imtihonlari sabab Farg‘onadagi bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi


Bugun, 29-iyul kuni 2019—2020-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi. Shu munosabat bilan Farg‘ona shahridagi bir qator ko‘chalar yopildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB YHXB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Oliy ta’lim muassasalarida kirish test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida 2019-yil 29-iyul kunidan 10-avgust kuniga qadar soat 05:00 dan 20:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Farg‘ona shahridagi Alisher Navoiy, Oybek, Islom Karimov, Murabbiylar, Farg‘ona va Marg‘ilon ko‘chalarining ayrim qismlarida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

Avvalroq kirish imtihonlari tufayli Toshkentdagi ayrim ko‘chalar ham vaqtincha yopilishi ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют