» » Fransiyalik mutaxassis Saudiya Arabistoni terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi

Fransiyalik mutaxassis Saudiya Arabistoni terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi


Fransiyalik mutaxassis Erve Renar Saudiya Arabistoni termasini boshqaradi. Bu haqda murabbiy o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berdi.

50 yoshli mutaxassis 2016-yildan 2019-yilgacha Marokash terma jamoasiga bosh murabbiylik qilgandi. Marokashliklar uning qo‘l ostida Jahon Chempionati—2018 musobaqasida ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, Erve 2018-yil Afrikaning eng yaxshi murabbiyi deya e’tirof etilgandi.

Bundan tashqari, u Zambiya hamda Kot-d’Ivuar terma jamoalari bosh murabbiyligida ikki bor Afrika Kubogini qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston terma jamoasi Jahon Chempionati—2022 musobaqasi ikkinchi saralash bosqichida Saudiya Arabistoni bilan bir guruhdan joy olgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют