» » Superliga. “Qo‘qon-1912” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ga yutqazib qo‘ydi

Superliga. “Qo‘qon-1912” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ga yutqazib qo‘ydi


30-iyul, seshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 15-turida Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi “Qo‘qon-1912” maydoniga safar qildi.

Uchrashuvning 1-daqiqasidayoq Jizzax klubi hujumchisi Ivan Nagayev hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 7-daqiqa o‘tib hakam tomonidan Milan Mitrovich qo‘riqlayotgan darvoza tomon penalti belgilandi. Undan “Qo‘qon-1912” klubi himoyachisi Murod Xolmuhammedov unumli foydalandi (1:1). 63-daqiqaga kelib “So‘g‘diyona” himoyachisi Kaxi Maharadze Shohruz Norxonov uzatgan to‘pni raqib darvozasi to‘riga joylab qo‘ydi (2:1).

Shu tariqa jizzaxliklar mehmonda kechgan bahsda “Qo‘qon-1912” klubini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “So‘g‘diyona” ochkolari sonini 23 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarildi. Qo‘qon klubi esa 8 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Coca-Cola Superligasi

15-tur bahslari

30-iyul, seshanba kuni

Gollar: 0:1 — 1 Ivan Nagayev, 1:1 — 8, penalti, Murod Xolmuhammedov, 1:2 — 63 Kaxi Maharadze

“Qo‘qon-1912”: Islom Abdullayev, Sobit Sindorov, Jamshid Hasanov (Xojimat Erkinov, 61), Quvondiq Ro‘ziyev, Avaz Mamatxo‘jayev, Suhrob Berdiyev, Iqbol Malikjonov, Shahboz Erkinov (Timur Hakimov, 70), Aleksandr Merzlyakov, Marko Milich, Murod Xolmuhammedov

“So‘g‘diyona”: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Elyor Orifov, Kaxi Maharadze (Siroj Meliyev, 88), Sanjar Rashidov, Shohruz Norxonov (Izzatilla Abdullayev, 68), Jamshid Boltaboyev (Shahboz Jo‘rabekov, 46), Jasur Hasanov, Ivan Nagayev, Nikola Milinkovich, Sherzod Fayziyev

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют