» » Toshkent aeroportida Tailandga fohishalikka olib ketilayotgan ikki ayol to‘xtatib qolindi

Toshkent aeroportida Tailandga fohishalikka olib ketilayotgan ikki ayol to‘xtatib qolindi


Shu yilning 21-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Buxoro shahrida yashovchi 51 yoshli X.G. ismli ayol o‘z hisobidan ayni damda Rossiya Federatsiyasida bo‘lgan 41 yoshli X.Sh. hamda Toshkentda bo‘lgan 29 yoshli X.N. ismli ayollarni Tailandning Bangkok shahrida fohishalik bilan shug‘ullanishlari uchun olib ketishga kelishib, X.N.ni Toshkent Xalqaro aeroportidan olib ketmoqchi bo‘lganida to‘xtatib qolingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Tezkor surishtiruv ishlari natijasida X.G. ushbu ikki ayolga Bangkok shahrida fohishalik bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratib berishni va’da qilganligi, evaziga ular X.G.ga 4000 AQSh dollarini ishlab berishi ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.G. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют