» » Toshkent viloyatida fohishalikka yuborilayotgan ayollar to‘xtatib qolindi

Toshkent viloyatida fohishalikka yuborilayotgan ayollar to‘xtatib qolindi


Toshkent viloyatida fohishalikka yuborilayotgan ayollar to‘xtatib qolindi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Joriy yilning 9-may kuni Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tadbir natijasida, Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi 34 yoshli U.Z. “Aziza” ismli jinoiy sherigi bilan til biriktirib, o‘zi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan viza va chipta asosida, Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi 31 yoshli A.R. hamda Angren shahrida yashovchi 21 yoshli S.M.larni “G‘ishtko‘prik” chegara posti orqali Qozog‘iston Respublikasiga olib o‘tib, u yerdan Turkiyaning Istanbul shahriga shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun jo‘natib yuborayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют