» » Moliya vazirining o‘rinbosari O‘zbekistonda energiya resurslari narxi oshishiga izoh berdi

Moliya vazirining o‘rinbosari O‘zbekistonda energiya resurslari narxi oshishiga izoh berdi


O‘zbekistonda joriy yil 15-avgustdan boshlab energiya resurslari tariflariga yangi narxlar joriy etildi. O‘zA bu borada Moliya vazirining o‘rinbosari Bahrom Ashrafxonovdan izoh oldi.

—Oxirgi marta narxlar 2018-yil 16-noyabrda o‘zgartirilgan bo‘lib, aholi uchun 1 kilovatt/soat elektr energiyasi 250 so‘m, 1 kub metr tabiiy gaz 320 so‘m edi. Vaqt o‘tib, bu narxlar tahliliy ko‘rib chiqilgach, hozirgi inflyatsiya darajasini e’tiborga olgan holda o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan, 1 kilovatt/soat elektr energiyasi 295 so‘m yoki (+18 foiz), 1 kub metr tabiiy gaz 380 so‘m (+18 foiz) etib belgilandi.

Bugungi kunda aholi maishiy xizmatlar uchun suyultirilgan gazdan ham keng foylalanmoqda. Shu tufayli gazning 1 kilogrammiga 1 ming 120 so‘m (+18 foiz) narx qo‘yildi.

Bundan tashqari, joriy yilning 15-avgustidan boshlab:

Ai-80 markali avtomobil benzinining chakana narxi bir litri uchun 4500 so‘m (4000 so‘m edi);

Dizel yoqilg‘isining chakana narxi bir litri uchun 5400 so‘m (4800 so‘m edi) etib belgilanmoqda.

Aslida mazkur energiya manbalarining asl tannarxi aholiga sotilayotganidan ancha baland hisoblanadi. Masalan, 1 kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun 450 so‘m sarflanmoqda. Shuningdek, 1 kub metr tabiiy gazni qazib chiqarish va qayta ishlash 751 so‘mni tashkil etadi.

Mamlakatda yangidan-yangi sanoat zonalari, korxonalar qurilayotgani, aholi soni ortayotgani, yangi mahallalar va yosh oilalar ko‘payayotgani tufayli energiya resurslariga ehtiyoj ham kun sayin oshmoqda. Shuni e’tiborga olib, elektr energiyasi va tabiiy gazni ishlab chiqarish va uzluksiz yetkazib berish maqsadida narxlarga o‘zgartirish kiritildi.

Ushbu tabiiy resurslarning o‘z tannarxidan past darajada sotilishi xorijlik investorlarning sohadagi hamkorligiga to‘sqinlik qilmoqda.

Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi va tabiiy gazni boshqa davlatlardagiga nisbatan solishtirganda ham ancha farq borligini ko‘ramiz. Masalan, 1 kilovatt/soat elektr energiyasi narxi Rossiya Federatsiyasida 378 so‘m, Moldovada 860 so‘m, Qirg‘izistonda 350 so‘m, Tojikistonda 380 so‘m, Qozog‘istonda 340 so‘mni tashkil etadi.

O‘z navbatida, 1 ming kub metr tabiiy gaz Ukrainada 100-150 dollar, Rossiya Federatsiyasida 80-100 dollar, Belarusda 90-110 dollar, Qozog‘istonda 80-90 dollar, Qirg‘izistonda 214 dollarga teng. O‘zbekistonda bu narx 37,7 dollarni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 18) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют