» » Navoiyda ko‘lda cho‘kayotgan 21 yoshli qiz qutqarildi

Navoiyda ko‘lda cho‘kayotgan 21 yoshli qiz qutqarildi


Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi “To‘dako‘l” suv havzasida va Navoiy shahridagi “Yoshlik” ko‘lida qutqaruv va tibbiy yordam postlari tashkil etilgan.

Navoiy viloyati FVB matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ushbu suv havzalarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruvchilari va Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan mavsumiy navbatchiliklar tashkil etilgan.

Suvdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlar va amalga oshirilayotgan choralarga qaramay, Navoiy shahridagi “Yoshlik” ko‘lining cho‘milish taqiqlangan hududida Navoiyda yashovchi 1998-yilda tug‘ilgan Z.Ismatullayeva o‘z ehtiyotsizligi oqibatida suvga tushib ketgan.

Ko‘lda navbatchilik olib borayotgan qutqaruvchilar darhol yordamga kelgan va qizni qutqarib olgan. Tez tibbiy yordam xodimlari unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют