» » Navoiy viloyati FVB xodimlari tog‘da adashib qolgan va jarohatlangan fuqarolarga yordam ko‘rsatdi

Navoiy viloyati FVB xodimlari tog‘da adashib qolgan va jarohatlangan fuqarolarga yordam ko‘rsatdi


Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashabbusi bilan Navbahor tumanining “Sarmishsoy” darasida viloyat FVB, FVB YoXB, SSB va IIB mutaxassislaridan iborat palatka sharoitidagi nazorat-kuzatuv posti faoliyatini amalga oshirib kelmoqda, deb xabar berdi viloyat FVB matbuot xizmati.

Joriy yil 28-aprel yakshanba kuni dam olish maqsadida viloyatning turli hududlaridan fuqarolar tashrif buyurdi. Navbatchilik postiga birin-ketin dam oluvchilar tomonidan murojaatlar kela boshladi.

Jumladan, Buxoro viloyatidan oilaviy dam olishga kelgan 78 yoshli Ahmedov Mahmud bobo tog‘da sayr qilib yurib, adashib qolganligi to‘g‘risidagi murojaat asosida, nazorat-kuzatuv posti xodimlari tomonidan otaxon topilib, oilasi bag‘riga sog‘-salomat qaytarildi.

2013-yilda tug‘ilgan Javohirga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatildi. U tog‘ tepasiga chiqqan va ehtiyotsizligi oqibatida yiqilib tushib, tan jarohati olgan.

Tog‘da harakatlanish qoidalari ko‘nikmasiga ega bo‘lmagan olti nafar turli yoshdagi dam oluvchilar baland tog‘ qoyasidan xavfsiz pastga olib tushirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют