» » Samarqandda sudyaning 26 yoshli yordamchisi javobsiz sevgi tufayli o‘zini osib o‘ldirdi  

Samarqandda sudyaning 26 yoshli yordamchisi javobsiz sevgi tufayli o‘zini osib o‘ldirdi  


28-iyul, yakshanba kuni Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha sudi sudyasining katta yordamchisi o‘z uyida telefon simiga osilgan holda topilgan, deb yozadi “Nuz.uz”.

Sudning 26 yoshli xodimi uyidagi metall zinapoyaga telefon simidan foydalanib, o‘zini osgan. Uning jasadi qarindoshlari tomonidan soat taxminan 11:00 atrofida topilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yosh yigit javobsiz sevgi tufayli o‘z joniga qasd qilgan. Tanishlari uning juda ta’sirchan inson bo‘lganini aytgan.

Hozirgi paytda Samarqand tumani prokuraturasi ushbu holat bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Huquq-tartibot organlari holatni o‘z joniga qasd qilish sifatida baholagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют