» » Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi: 6 oyda O‘zbekistonga 101 trln so‘m investitsiya kiritildi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi: 6 oyda O‘zbekistonga 101 trln so‘m investitsiya kiritildi


Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi mutasaddilari 2 xil investitsiya taklifi mavjud ekanini ma’lum qildi. Ya’ni, birinchi holatda — to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ikkinchi holatda esa — davlat-xususiy sheriklik asosida xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar turli sohalarni rivojlantirish maqsadida jalb qilinadi.

“Joriy yilda 86 ta istiqbolli investitsiya takliflari ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan 12 tasi bo‘yicha loyihalar tayyorlangan, 4 ta loyiha taklifi 2020—2022-yilgi investitsiya dasturiga kiritilgan, 3 loyihani esa moliyalashtirish uchun investorlar jalb qilinmoqda, qolgan 62 ta loyiha taklifi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi tomonidan o‘rganib ishlab chiqilmoqda. 2020-yilning mart oyi boshlarida investitsiyalarni jalb qilish va O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatini namoyish etish maqsadida Toshkentda Xalqaro forum o‘tkazish rejalashtirilmoqda”, — dedi Investitsiya dasturlarini yig‘ish va monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i Zafar Xo‘jayev.

Vazirlik vakillarining ta’kidlashicha, joriy yilning birinchi yarmida investitsiyalarning umumiy hajmi 101 trillion so‘mni tashkil etgan.

“Ularning 5,6 milliard dollari xorijiy investitsiyalardir. 2,1 milliard dollar xorijiy investitsiyalar davlat kafolati asosidagi, 3,5 mlrd dollar esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya va kreditlar. 2018-yilning shu davri bilan taqqoslaydigan bo‘lsak 4,3 baravar o‘sishni kuzatish mumkin. Ya’ni, O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi sezilarli oshmoqda. Agar bu ko‘rsatkichlar mahalliy milliy mahsulotlar bilan taqqoslansa, investitsiyalar yalpi ichki mahsulotning 47 foizini tashkil etadi. O‘tgan yilda bu ko‘rsatkich taxminan 32 foizni tashkil etgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar yalpi ichki mahsulotning 14 foizini tashkil qiladi. Davlat kafolati ostida jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi esa 3,6 baravardan iborat”, — dedi Xalqaro hamkorlikni tahlil qilish va rejalashtirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i Oybek Hamroyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют