» » So‘nggi davlat vakillari O‘zbekistonga yetib keldi. “Harbiy-tibbiy estafeta”ga qur’a tashlandi (foto)

So‘nggi davlat vakillari O‘zbekistonga yetib keldi. “Harbiy-tibbiy estafeta”ga qur’a tashlandi (foto)


Bugun, 2-avgust kuni V Xalqaro armiya o‘yinlarining “Harbiy-tibbiy estafeta” yo‘nalishida ishtirok etuvchi so‘nggi mamlakat jamoasi — tojikistonlik harbiy xizmatchilar “Forish”ga yetib keldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga xabar berdi.

Harbiy orkestr sadolari hamda o‘zbekona urf-odatlar bilan tantanali ravishda kutib olingan mehmonlar o‘zlari uchun ajratilgan joylarga joylashdi.

Shundan so‘ng, qur’a tashlash marosimi uchun barcha jamoalar shaxsiy tarkibi harbiy shaharchadagi “Do‘stlik uyi”da yig‘ildi. Sharafli mehmon sifatida tadbirda jahon arenalarida O‘zbekistonni munosib himoya qilgan harbiy sportchilar ishtirok etdi. Yig‘ilishga “ArMI-2019”ning ko‘chma kubogi sharaf bilan olib kirildi.

Qur’a tashlash marosimini O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov ochib berdi.

“Barchamiz “ArMI—2019” doirasida o‘tkazilayotgan “Harbiy-tibbiy estafeta” tanloviga start berilishini intiqlik bilan kutmoqdamiz. Biz uni eng yuqori darajada o‘tkazish niyatidamiz. Ishonchim komilki, mazkur tanlov xalqaro harbiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shadi. Barchaga omad tilayman!”, — dedi general-mayor Azizbek Ikramov.

Shaffof va oshkor ravishda o‘tkazilgan qur’a natijalariga ko‘ra, “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovida jamoalarning ishtirok etish ketma-ketligi aniqlandi. Bular:

• 1 — Angola;

• 2 — Armaniston;

• 3 — Rossiya;

• 4 — Zimbabve;

• 5 — Vetnam;

• 6 — Tojikiston;

• 7 — Myanma;

• 8 — Belarus;

• 9 — Qozog‘iston;

• 10 — O‘zbekiston;

• 11 — Ozarbayjon.

Mazkur ro‘yxat barcha davlat vakillarining imzosi ostida tasdiqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют