» » Zafar Ro‘ziyev: Yakkabog‘dagi xatoliklar uchun hukumatdan, xalqdan, jurnalist va blogerlardan kechirim so‘rayman (video)

Zafar Ro‘ziyev: Yakkabog‘dagi xatoliklar uchun hukumatdan, xalqdan, jurnalist va blogerlardan kechirim so‘rayman (video)


Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev ham Yakkabog‘da jamoatchilik bilan uchrashib, bo‘lib o‘tgan voqealar uchun uzr so‘radi.

— Yakkabog‘da ro‘y bergan voqealar 100 foiz viloyat va tuman hokimliklarining xatosi. Buning uchun hukumatimizdan, xalqimizdan, aziyat chekkan tadbirkorlar, jurnalist va blogerlardan kechirim so‘rayman. Agar bizga imkon berilsa, bundan buyon “Buzilsin, olib tashlansin, qo‘porilsin”, degan siyosatdan mutlaqo voz kechamiz, — dedi Ro‘ziyev.

Shavkat Mirziyoyev 2-avgust kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida joylardagi buzilish ishlarida zo‘ravonlik siyosatini qoralagan va bunga yo‘l qo‘ygan hokimlar, xususan, Zafar Ro‘ziyevning harakatlarini xiyonat sifatida baholagandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Rishton tumaniga borib, mahalliy aholi bilan uchrashgan va tumanda olib borilgan buzilish ishlarida yo‘l qo‘yilgan xatolar uchun kechirim so‘radi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют