» » O‘zbekiston Kubogi. “Lokomotiv” “Surxon”ga yutqazib qo‘ydi, “Nasaf” esa “Andijon”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Kubogi. “Lokomotiv” “Surxon”ga yutqazib qo‘ydi, “Nasaf” esa “Andijon”ni yirik hisobda mag‘lub etdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining 1/8 finali doirasida 4-avgust, yakshaba kuni 4 ta o‘yin yakuniga yetdi.

Kunning dastlabki o‘yinida Samvel Babayan boshliq Toshkentning “Lokomotiv” klubi safarda Termizning “Surxon” jamoasi bilan o‘ynadi.

Bellashuvning 7-daqiqasida “temiryo‘lchilar” yarim himoyachisi Sardor Mirzayev urgan golga termizliklar Azamat Isroilov (39), Abdulaziz Yusupov (82), Darko Stanoyevichning (90+3, penalti) gollari bilan javob qaytardi.

Shu tariqa “Surxon” o‘z maydonida “Lokomotiv”ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, musobaqaning 1/4 final bosqichiga yo‘l oldi.

Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi Qarshining “Nasaf” klubi o‘z maydonida “Andijon”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida Qarshi klubi yarim himoyachisi Aziz G‘aniyev hisobni ochgan bo‘lsa, 50 va 75-daqiqalarda Humoyun Murtazoyev ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa “Nasaf” “Andijon” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, keyingi bosqich masalasini hal qildi (3:0).

Shu kuni Namanganning “Navbahor” klubi “Neftchi”ga qarshi maydonga tushdi.

O‘yinda Namangan klubi a’zosi Aziz Turg‘unboyev hisobni ochgan bo‘lsa, yarim himoyachi Ivan Solovyov 38 va 44-daqiqalarda gol urib, hisobni yiriklashtirdi (3:0). Uchrashuvning asosiy vaqti tugashiga 1 daqiqa qolganda “Neftchi” vakili Jamshid To‘raqulov hisobni qisqartirdi (3:1).

Bahs yakuniga ko‘ra, “Navbahor” “Naftchi” ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va O‘zbekiston Kubogining chorak finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Toshkentning “Paxtakor” klubi “Yashnobod”ni sinovdan o‘tkazadi.

To‘qnashuv davomida “sherlar” vakillari Dragan Cheran (3, penalti), Dostonbek Hamdamov (67), Sardor Sobirxo‘jayev (70), Jaloliddin Masharipov (74), Shohrux Mahmudxojiyev (78) birin-ketin raqib darvozasiga gol urdi.

Shu tariqa Toshkent klubi “Yashnobod”ni yirik 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘zbekiston Kubogi

1/8 final bahslari

Gollar: 0:1 — 7 Mirzayev, 1:1 — 39 Isroilov, 2:1 — 82 Yusupov, 3:1 — 90+3, penalti, Stanoyevich

Gollar: 1:0 — 20 G‘aniyev, 2:0 — 50 Murtazoyev, 3:0 — 75 Murtazoyev

Gollar: 1:0 — 31 Turg‘unboyev, 2:0 — 38 Solovyov, 3:0 — 44 Solovyov, 3:1 — To‘raqulov

Gollar: 1:0 — 3, penalti, Cheran, 2:0 — 67 Hamdamov, 3:0 — 70 Sobirxo‘jayev, 4:0 — 74 Masharipov, 5:0 — 78 Mahmudxojiyev

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 125) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют