» » Buxoroda yo‘lovchi avtobus mudhish halokatga uchradi

Buxoroda yo‘lovchi avtobus mudhish halokatga uchradi


Buxoro viloyat IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 4-avgust kuni soat 18:30 larda “Buxoro-Xorazm” (Olmaota-Nukus) yo‘nalishida harakatlanib borayotgan yo‘lovchi avtobus mudhish halokatga uchradi.

Qozog‘istonda ro‘yxatga olingan Van Hool rusumli avtobus Jondor tumani “Luqmon” MFYga qarashli cho‘l massivi hududidan o‘tuvchi A-380 xalqaro yo‘lining 299 kilometrida yo‘l chizig‘idan chiqib ketgan va ag‘darilgan.

Oqibatda avtobusda 1 nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan, 2 nafar shaxs og‘ir va 8 nafar shaxslar turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Avtobusda bo‘lgan barcha yo‘lovchilarga birinchi tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilgan.

Holat bo‘yicha Buxoro viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yo‘l transport hodisasi sabablari o‘rganilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют