» » Toshkentda baliqchi qarmog‘iga inson jasadi ilindi. U qotillik qurboni bo‘lishi ham mumkin (video)

Toshkentda baliqchi qarmog‘iga inson jasadi ilindi. U qotillik qurboni bo‘lishi ham mumkin (video)


Toshkent markazidan oqib o‘tuvchi Katta Bo‘rijar kanalining Novza (sobiq Komil Yormatov) ko‘chasi hududi qismidan o‘tuvchi qismida, “O‘zbekfilm” oshxonasi yonidagi piyodalar ko‘prigi ostida ov qilayotgan mahalliy baliqchining qarmog‘iga inson jasadi ilingan, deb yozadi “Kun.uz”.

Ma’lum bo‘lishicha, B. ismli baliqchi bugun, 5-avgust kuni soat taxminan 10:00 larda ko‘prik tagida baliq ovlayotgan bo‘lgan. Qarmoqqa nimadir ilingani his qilgan baliqchi uni tortganida suv yuzasiga inson tanasi orqa tomoni bilan qalqib chiqadi. Cho‘chib ketgan baliqchi bexosdan qarmoqni keskin tortib yuboradi va ip uzilib ketadi. Shundan so‘ng baliqchi 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qiladi va voqea joyiga ichki ishlar, FVV, mahalla nozirlaridan iborat guruh yetib keladi.

Bu orada jasad Bunyodkor shoh ko‘chasi tomon taxminan 300 metr suzib boradi va suvdagi daraxt shoxiga ilinib qoladi. FVVning ikki xodimi jasadni shoxdan ajratib, qirg‘oqqa olib chiqdi. Ko‘rinishidan bu yosh erkak kishi bo‘lib, dastlabki ma’lumotlarga qaraganda taxminan 2 kun ilgari suvga cho‘kib ketgan. Katta Bo‘rijar kanali yo‘lga nisbatan taxminan 6-7 metr chuqurlikda joylashgani jasadni olib chiqishda qiyinchilik tug‘dirgani uchun qo‘shimcha kuchlar chaqirilgan va jasadi chiqarib olingan.

Jasad kiyimda bo‘lgani, hujjatlari ham cho‘ntagida ekaniga qaraganda u cho‘milish maqsadida suvga tushmagan. Taxminlarga ko‘ra, u baxtsiz hodisa tufayli suvga tushib ketgan yoki ataylab tushirib yuborilgan, bu borada aniq ma’lumotlar tergov jarayonida ma’lum bo‘ladi. Yonidan topilgan pasportga ko‘ra, fuqaro bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida bo‘lgan.

Hodisa yuzasidan IIBBning rasmiy xabari hozircha e’lon qilingani yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют