» » Singapurda Denge bezgagidan o‘lish ko‘rsatkichi yuqori darajaga yetdi

Singapurda Denge bezgagidan o‘lish ko‘rsatkichi yuqori darajaga yetdi


Singapurda yil boshidan buyon Denge bezgagidan 9 kishi vafot etdi. “TASS”ning yozishicha, bu so‘nggi yillarda kuzatilgan rekord ko‘rsatkichdir.

Ta’kidlanishicha, Denge bezgagi qurbonlarining barchasi Singapurning turli burchaklarida yashagan. Hozirda umumiy hisobda 9,1 mingta kasallikka chalinish holatlari qayd etilgan. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 5 baravar ko‘p.

Bundan tashqar, Denge va boshqa og‘ir kasallikning asosiy tarqatuvchisi bo‘lgan Aedes aegypti chivinlarining yashash joylari 2018-yilga nisbatan 70 foizga ko‘paygan.

Denge — virusli infeksiya bo‘lib, tropik va subtropik hududlarda nisbatan keng tarqalgan. Bemorda yuqori harorat, ko‘ngil aynishi, bosh va bel og‘rig‘i, toshmalar kuzatiladi. Hozirda Denge bezgagiga qarshi vaksina yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют