» » Abdulaziz Komilov Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi raisi bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi raisi bilan uchrashdi


6-avgust kuni Anqara shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) raisi Serkan Kayalar bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuv chog‘ida ta’kidlanganidek, TIKA 1992-yildan beri O‘zbekistonda iqtisod, savdo, texnik, ta’lim, ijtimoiy va madaniy dasturlarni hamda o‘zaro hamkorlik bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyat yuritib kelmoqda.

O‘tgan davr mobaynida TIKA tomonidan qiymati 40 million AQSh dollaridan ko‘proq bo‘lgan 800 dan ortiq texnik ko‘mak grant loyihalari amalga oshirildi. 2019-yil yakunlariga ko‘ra ushbu ko‘rsatkichning sezilarli darajada o‘sishi kutilmoqda. TIKA raisi sobiq o‘rinbosari Mehmet Sureyya Erning O‘zbekistonga elchi etib tayinlanishi ham mamlakatdagi Turkiya texnik ko‘mak loyihalarining hajmi va sifatining yangi darajaga olib chiqilishidan darak beruvchi belgi, deb qaralmoqda.

TIKAning O‘zbekistondagi muhim loyihalaridan biri O‘zbekistonda Istanbulning “Gebze” tashkiliy sanoat zonasi filiali ochilishi hisoblanadi. Bu loyihaning amalga oshirilishi ikki tomon uchun ham uzoq muddat davomida natija keltiruvchi manfaatli qadam bo‘ladi, mamlakatda Turkiya tadbirkorlarining investitsion va ishlab chiqarish faoliyati uchun yangi sharoitlarni yaratadi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekistonning tegishli muassasalari bilan iqtisodiyot, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni himoya qilish, turizm sohalarida va boshqa qator ijtimoiy ahamiyatga ega yo‘nalishlarda TIKAning loyihalar va texnik ko‘mak dasturlarini amalga oshirish doirasidagi hamkorligini faollashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2019, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют