» » TIKA O‘zbekistonga 50 ta tez tibbiy yordam mashinasi va 20 ta mobil ofis avtobusi ajratdi

TIKA O‘zbekistonga 50 ta tez tibbiy yordam mashinasi va 20 ta mobil ofis avtobusi ajratdi


Turkiya parlamenti delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi — TIKA tomonidan O‘zbekiston aholisiga sifatli tez tibbiy yordam va davlat xizmatlari ko‘rsatish maqsadida 50 ta tez tibbiy yordam mashinasi va 20 ta mobil ofis avtobusi ajratildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“O‘zekspomarkaz”da ushbu transport vositalarini Sog‘liqni saqlash va Adliya vazirliklariga topshirish marosimi bo‘ldi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi cpikeri Nurdinjon Ismoilov, Turkiya Buyuk millat majlisi raisi Binali Yildirim, tegishli vazirlik va idoralar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Zamonaviy reanimobillar aholiga shoshilinch tibbiy yordamni tez va sifatli ko‘rsatishda muhim o‘rin tutadi. Zarur moddiy-texnik bazaga ega, quyosh panellari bilan ta’minlangan 20 ta mobil ofis avtobusi qator davlat xizmatlarini bevosita joylarda, qolaversa, FHDYO va notarius xizmatlarini ko‘rsatish imkonini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2018, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют