» » Avstraliyada “Debbi” sikloni yaqinlashayotgan hududlardan aholi evakuatsiyasi yakunlanmoqda

Avstraliyada “Debbi” sikloni yaqinlashayotgan hududlardan aholi evakuatsiyasi yakunlanmoqda


Avstraliya sharqida joylashgan Kvinslend shtati rasmiylari “Debbi” sikloni yaqinlashayotgan shimoliy sohilbo‘yi tumanlardan aholi evakuatsiyasini yakunlamoqda. Bu haqda shtat hukumati rahbari Anastasiya Palashchuk ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Yana bir necha soatdan so‘ng evakuatsiyaga kech bo‘ladi”, — deb ta’kidladi u. Shtat markazi Brisben shahridan shimolda joylashgan xavfli hududlar aholisini chiqarib ketishda yordam ko‘rsatish uchun mingdan ortiq qutqaruv xizmati xodimi va harbiy xizmatchi jalb etildi.

Hozirgi paytda “Debbi” okeanda Avstraliya sohilidan, taxminan, 300 kilometrda bo‘lib, asta-sekin qit’aga yaqinlashmoqda.

“Debbi” qirg‘oq chizig‘ini 28-mart, seshanba kuni mahalliy vaqt bo‘yicha tongda kesib o‘tishi kutilmoqda. Ehtimoli yuqori bo‘lgan ssenariyga ko‘ra, uning epimarkazi sakkiz mingga yaqin aholi istiqomat qiluvchi Eyr shahrida qirg‘oq chizig‘ini kesib o‘tadi. Undan 110 kilometr janubda Bouen shaharchasi (o‘n mingga yaqin aholi), 90 kilometr shimolda esa Taunsvill shahri (180 mingdan ortiq aholi) joylashgan.

Опубликовано: admin (27-03-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют