» » Atamboyev kuchishlatar tuzilmalarga bayonot bilan chiqdi (video)

Atamboyev kuchishlatar tuzilmalarga bayonot bilan chiqdi (video)


Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev kuchishlatar tuzilmalarni “xalqqa qarata o‘q uzmaslikka” chaqirdi. Bu kabi bayonotni mamlakatning sobiq rahbari o‘zi nazorati ostida bo‘lgan “Aprel” telekanali orqali bildirgan, deb xabar beradi Tengrinews.

“Kuch tuzilmalariga murojaat qilaman: o‘z xalqizga qarata o‘q uzmang, bularning barchasi siz uchun yomonlik bilan tugaydi”, — deydi Atamboyev.

Atamboyev o‘z murojaatida ko‘plab aybsiz insonlar jabrlanganidan afsusda ekanligini ma’lum qilgan. “Bugun meni qo‘lga olishga urinishdi, afsuski bunda ko‘plab begunoh odamlar jarohat oldi. Chunki meni qo‘lga olish uchun ‘Alfa’ antiterroristik maxsus bo‘linmasi yuborilgan. Biz terrorchi emasmiz. Men ham, uyim atrofidagi tinch aholi ham terrorchi emas. Ko‘pchilik shunchaki men bilan suratga tushish uchun kelgan. Mana sizlarga qattiqqo‘llik, amaldagi hokimiyatning bu kabi beparvoligi odamni hayratga soladi”, — deydi sobiq prezidenti.

Atamboyevning fikricha, maxsus bo‘linma xodimlari nafaqat maxsus vositalardan, balki jangovar qurollardan ham foydalangan.

Sobiq prezident o‘zining qo‘lga olinishiga yo‘l qo‘ymagan omdalarga minnatdorchilik bildirdi.

Mavzuga doir: Qirg‘iziston sobiq prezidentini qo‘lga olish jarayoni videosi e’lon qilindi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2019, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют