» » Qirg‘iziston militsiya rahbari Atambayev uyiga hujumdan so‘ng komaga tushdi

Qirg‘iziston militsiya rahbari Atambayev uyiga hujumdan so‘ng komaga tushdi


Qirg‘izistonning Chuy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Samat Kurmankulov sobiq prezident Almazbek Atambayevning uyiga bostirib kirish paytida olgan jarohatidan komaga tushdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Samat Kurmankulovning boshi tosh bilan urib yorilgan. Shifokorlar unda bosh suyagi jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan. Hozirda u Bishkek travmatologiya va ortopediya ilmiy-tadqiqot markazi jonlantirish bo‘limida bo‘lib, ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 7-avgust kuni Qo‘y-Toshda Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qarorgohida uni qo‘lga olish bo‘yicha hujum boshlandi. Operatsiya davomida rezina o‘qlardan foydalanilgan. Hujum oqibatida 43 kishi jabrlangan.

Iyun oyi oxirida Qirg‘iziston bosh prokurori O‘tkurbek Jamshitov sobiq prezident Almazbek Atambayev maxsus komissiya tomonidan ko‘rsatilgan olti jinoyatning beshtasiga aloqador bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют