» » Tanzila Norboyeva Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi spikeri bilan uchrashdi

Tanzila Norboyeva Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi spikeri bilan uchrashdi


Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya ayni kunlarda Koreya Respublikasida bo‘lib turibdi. Bu haqda “Daryo”ga jurnalist Jonibek Ma’rupov ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi parlamenti delegatsiyasi a’zolari 6—9-avgust kunlari Koreya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi spikeri Mun Xi Sang bilan uchrashdi. Senat Axborot xizmatining xabar berishicha, uchrashuvda O‘zbekiston bilan Koreyaning parlamentlararo aloqalari istiqbollari va parlament a’zolari hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama etildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Koreya Respublikasi prezidenti Mun Dje Inning siyosiy irodasi va qat’iyati tufayli O‘zbekiston—Koreya munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi. Ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalar sur’ati tobora oshib bormoqda. Bu esa ikkala davlat manfaatlariga to‘liq javob beradi, do‘stlik va hamkorlik mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Shu munosabat bilan parlamentlararo muloqot mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Shu bois, tomonlar oliy darajadagi uchrashuvlar doirasida erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish uchun ikki davlat parlamentlari hamkorliginining asosiy vazifasi ekanini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2019, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют