» » “Sirdaryo” posti orqali noqonuniy ravishda zargarlik buyumlarini olib o‘tishga uringan ayollar qo‘lga olindi

“Sirdaryo” posti orqali noqonuniy ravishda zargarlik buyumlarini olib o‘tishga uringan ayollar qo‘lga olindi


Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sirdaryo” chegara bojxona postida salkam 400 gramm zargarlik buyumini noqonuniy olib o‘tishga uringan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

“Oqoltin” o‘tkazish punkti orqali Qozog‘istondan O‘zbekistonga piyoda harakatlanayotgan S.M. ismli fuqaro bilan og‘zaki savol-javob qilinganida, uning xatti-xarakatlaridan bojxona xodimlarida shubha uyg‘otgan. Natijada uning qo‘l sumkasi tekshirilgan. Sumkaning tag qismidagi astari ostiga yashirib qo‘yilgan og‘irligi 395,96 gramm bo‘lgan taxminan narxi 11 868 000 so‘mlik zargarlik buyumlari borligi aniqlangan.

Shuningdek, ayni shu chegara bojxona posti orqali Qozog‘istondan O‘zbekiston tomon piyoda harakatlanayotgan Y.D. ismli fuqaro ichki kiyimiga yashirib olib, og‘irligi 83,50 gramm bo‘lgan taxminiy qiymati 20 875 000 so‘mlik ayollar zargarlik buyumlari olib o‘tishga uringani aniqlangan.

Mazkur holatlar bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2019, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют