» » “Mikrokreditbank” ATB tomonidan hududlarda kichik biznes va  tadbirkorlik subyektlari bilan sayyor uchrashuvlar tashkil etildi

“Mikrokreditbank” ATB tomonidan hududlarda kichik biznes va  tadbirkorlik subyektlari bilan sayyor uchrashuvlar tashkil etildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida joriy yilning 2-avgust kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tijorat banklariga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 8-avgust kuni “Mikrokreditbank” ATB boshqaruvi raisi hamda mas’ul rahbar xodimlar tomonidan hududlarda kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari bilan sayyor uchrashuvlar tashkil etildi.

Sayyor uchrashuvlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bank tizimi oldiga qo‘yilayotgan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda banklarning o‘rni va roli hamda bu borada Respublika miqyosida olib borilayotgan ishlar ko‘lami, maqsad va dolzarb vazifalarga batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirkorlik subyektlarini huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni joyida o‘rganish va bartaraf etish, Davlat va mahalliy dasturlarga kiritilgan barcha loyihalarni o‘z vaqtida moliyalashtirish, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarning muammolariga qaratilib, ularning fikr mulohazalari eshitildi hamda ochiq muloqot davomida hech bir sansolarliklarsiz bank xizmatlari ko‘rsatish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri ekanligi alohida ta’kidlandi.

Jumladan, eksport va eksport oldi moliyalashtirish, eksport kreditlari va tavakkalchiliklarini sug‘urtalash mexanizmlarini samarali tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi orqali kredit foizlarini kompensatsiya qilish va kafillik berish tartiblari bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi.

Sayyor uchrashuvlarda tadbirkorlar tomonidan yo‘llangan 471 ta murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ko‘tarilgan masalalar mutasaddi rahbarlar ishtirokida hal etish choralari ko‘rildi. Ha bir murojaat diqqat bilan tinglanib, o‘rtaga tashlangan masalalardan 263 ta kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining loyihalari joyida hal etilgan bo‘lsa, qolgan 208 ta qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlarni qisqa muddatlarda hal etish choralari ko‘rilib, mutasaddi rahbarlarga muddati belgilangan holda qat’iy vazifa va topshiriqlar berildi.

Xususan, “YaTT Mamatqulova Saidaxon” tikuvchilik faoliyatini kengaytirish uchun 100 mln so‘m miqdorida imtiyozli bank kreditiga ehtiyoji borligi, biroq garov mulki yetmaganligi sababli Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kafilligi asosida hamda bankning Qo‘qon filiali mijozi “Alp Jamoli Dang‘ara” MChJning Tojikiston respublikasiga eksport qilish shartnomasi bo‘yicha mahsulotni o‘z vaqtida yetkazib berishga to‘quv dastgohlariga ehtiyoji borligi, ushbu to‘quv dastgohlarini sotib olishga 50 ming AQSh dollari miqdorida kredit mablag‘i zarurligi, biroq kredit foizlari yuqoriligi sababli, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kompensatsiya to‘lovi asosida kredit olish tavsiya etildi.

Bundan tashqari, Samarqand viloyati, Bulung‘ur filiali mijozi YaTT “Aziza Qudratova”ga 115 mln so‘m aylanma mablag‘larni shakllantirish uchun kredit ajratish masalasi bo‘yicha kredit hujjatlari rasmiylashtirilib, 1 kun muddatda kredit mablag‘i ajratilishi nazoratga olindi.

Bank filiallari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning barchasi xalq farovonligi va daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish orqali ish bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlandi.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют