» » “O‘zbekiston” mehmonxonasining narxi arzonlashdi

“O‘zbekiston” mehmonxonasining narxi arzonlashdi


“O‘zbekiston” mehmonxonasining narxi arzonlashdi, deb xabar bermoqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati. Mehmonxona davlat ulushining boshlang‘ich narxi 10 foizga pasaytirilib, 29,7 million dollar etib belgilandi.

Investitsiya majburiyatlariga ko‘ra, uni sotib olgan investorga ikki yil ichida 100 milliard so‘m miqdorida sarmoya kiritishi, 10 yil davomida asosiy faoliyat turi ya’ni mehmonxona xizmati ko‘rsatishni saqlab qolgan holda tashqi fasadini o‘zgartirmasdan mehmonxonani ta’mirlashi va boshqaruvga eng ilg‘or menejerlarni jalb qilishi talab etiladi.

Majmuaning umumiy yer maydoni 17 482 kvadrat metrni tashkil etadi. Bino 17 qavatdan iborat bo‘lib, jami 315 ta xona mavjud. Ular 83 ta bir kishilik (standart), 60 ta 1 kishilik (yaxshilangan), 59 ta yarim lyuks standartdagi (ikkita yotoqli), 105 ta ikki kishiga mo‘ljallangan (twin) hamda 7 ta lyuks shuningdek 1 ta (grandlyuks) xonalaridir.

Mehmonxona majmuasida ta 330 kvadrat metr kenglikdagi anjumanlar zali hamda 2 ta 2 020 kvadrat metr kenglikdagi 550 o‘ringa mo‘ljallangan banket zallari mavjud. Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida minibar, restoran, savdo va valyuta ayirboshlash shoxobchalari, sport xonasi, sauna, basseyn, avtoturargoh, bepul internet xizmatlari tun-u kun faoliyat ko‘rsatadi.

Mazkur majmua 2017-yilda 7 milliard 100 million so‘m, 2018-yilda 6 milliard 300 million so‘m sof daromad ko‘rgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют