» » Auksionda oltin qazib olishga bo‘lgan huquq realizatsiyasi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich qayd etildi

Auksionda oltin qazib olishga bo‘lgan huquq realizatsiyasi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich qayd etildi


20—24-may kunlari jami 11 ta boshlang‘ich narxi 82,5 million so‘mlik oltin qazib olish bo‘yicha huquq 318,4 million so‘mga sotildi, bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lumotiga tayanib Spot xabar beradi.

20—24-may kunlari E-ijro auksion elektron onlayn-auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng qiymatdagi 6 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari, 68 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha 41 ta obyekt sotildi.

Yagona elektron savdo maydonchasida daryo o‘zanlarini tozalashga va oltin qazib olishga bo‘lgan huquq realizatsiyasi bo‘yicha ham yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi.

Jumladan, daryo o‘zanlarini tozalash bo‘yicha 10 ta boshlang‘ich narxi 3 milliard 104,4 million so‘mlik daryo o‘zanlari loyihalari auksion savdolariga chiqarilgan shundan 3 ta boshlang‘ich narxi 1 milliard 238,2 million so‘mlik daryo o‘zanlari loyihalari 3 milliard 391,6 million so‘mga sotildi.

Shuningdek, ushbu hafta davomida jami 11 ta boshlang‘ich narxi 82,5 million so‘mlik oltin qazib olish bo‘yicha 318,4 million so‘mga sotildi.

Davlat mulki obyektlari:

Boshlang‘ich narxi 1 so‘m qilib belgilangan bo‘sh turgan 6 ta davlat mulki obyekti 1 mlrd 400 mln so‘m investitsiya kiritish, 83 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 586 mln so‘mga sotildi. Bundan tashqari 1 ta obyekt sotuvga chiqarildi.

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquq:

Yer resurslari bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 68 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq 23 milliard 965 million investitsiya kiritish va 290 ga yaqin yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 2 milliard 194,20 million so‘mga sotildi. Hafta davomida 67 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha:

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan elektron onlayn-auksionlarda ushbu hafta jami 41 ta obyekt 4 mlrd 667,6 mln so‘mga sotildi. Hafta davomida 88 ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют