» » Auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng 22 ta davlat mulki obyekti sotildi

Auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng 22 ta davlat mulki obyekti sotildi


Auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng 22 ta davlat mulki obyekti sotildi. Shuningdek, 106 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha 57 ta obyekt sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lumotiga tayanib Spot xabar beradi.

15—19-aprel kunlari “E-ijro auksion” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng qiymatdagi 22 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari, 106 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha 57 ta obyekt sotildi.

Davlat mulki obyektlari:

Elektron onlayn-auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘m qilib belgilangan bo‘sh turgan 22 ta davlat mulki obyekti 7 milliard 400 million so‘m investitsiya kiritish, 201 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 423 million so‘mga sotildi. Bundan tashqari 8 ta obyekt sotuvga chiqarildi.

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquq:

Yer resurslari bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 106 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq 26 milliard 582 million investitsiya kiritish va 500 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 913 million so‘mga sotildi. Hafta davomida 43 yer uchastkasiga bo‘lgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha:

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan elektron onlayn-auksionlarda ushbu hafta jami 57 ta obyekt 12 millard 436 million so‘mga sotildi. Hafta davomida 44 ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют