» » Auksion savdolarida boshlangich narxi 1 somga teng 25 ta davlat mulki obyekti sotildi

Auksion savdolarida boshlangich narxi 1 somga teng 25 ta davlat mulki obyekti sotildi


Joriy yilning 2226-aprel kunlari E-ijro auksion elektron onlayn-auksion savdolarda boshlangich bahosi 1 somga teng qiymatdagi 25 tabosh turgan davlat mulki obyekti sotildi. Buhaqda Spot xabar berdi.

Masalan, Andijon shahri, Ahmadbekhoji kochasi 78-uydagi binoning 474,44 kvadrat metrga teng bolgan qurilish osti maydoni 291 million somga sotildi. Auksion golibi 1,5 yil ichida 200 million som investitsiya kiritish hamda 15 taish orni yaratish majburiyatini qabul qildi.

Xorazm viloyati, Bogot tumani, Beshariq qishlogi Nurli maskan mahallasida joylashgan, umumiy yer maydoni 0,076 gektarga teng bolgan va45 million somga sotilgan bino boyicha auksion golibi 6 oyichida 800 million som investitsiya kiritish hamda 12 taish orni yaratish majburiyatini oldi.

Hozirgacha 598 tabosh turgan davlat mulki obyekti boshlangich bahosi 1 somga teng qiymatda 374 millard 544 million somlik investitsiya kiritish hamda 6840 dan ortiq yangi ish orni yaratish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan bolib, shundan 456 tabosh turgan davlat mulki obyekti 282 millard 741 million som investitsiya kiritish va5001 tayangi ish joyi ochish sharti bilan 15 millard 930 million somga sotilgan.

Endilikda 142 tabosh turgan davlat mulki obyekti E-ijro auksion yagona elektron savdo maydonchasida savdoda turibdi. Ularga 91 millard 803 million somlik investitsiya jalb qilish, 1846 tayangi ish orni barpo etish kozda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (1-05-2019, 23:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 2) ( 0) ( 1) ( 1)
:
-
:
20 ... -