» » Farg‘onada maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri ming dollar bilan qo‘lga tushdi

Farg‘onada maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri ming dollar bilan qo‘lga tushdi


Farg‘onada o‘z xizmat vakolatiga kirmasa-da bog‘cha mudirasi lavozimiga tayinlash evaziga 1 ming 200 dollarni olmoqchi bo‘lgan maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Rishton tumani maktabgacha ta’lim mudiri vazifasini bajaruvchi Farhod Qoraboyev (ism familiyasi o‘zgartirilgan) fuqaro G.T.ni Farg‘ona viloyati hududidagi yoki Rishton tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalarining biriga mudir lavozimiga ishga kiritib qo‘yishni va’da bergan.

Bu ish o‘zining xizmat vakolatiga kirmasligini bilgan holda, evaziga 1 ming 200 dollar talab qilgan. Shundan so‘ng G. T. bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organga ariza bilan murojaat qilgan.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Rishton tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi Farhod Qoraboyev fuqaro G.T.ni bog‘chaga mudir lavozimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga fuqaro N.N.dan o‘z xizmat xonasida kimyoviy ishlov berilgan 1000 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют