» » Markaziy bank AQSh dollarining rasmiy kursi keskin ko‘tarilishiga izoh berdi

Markaziy bank AQSh dollarining rasmiy kursi keskin ko‘tarilishiga izoh berdi


O‘zbekiston Markaziy banki tarzda ilk marta bir hafta ichida ikkinchi marta rasmiy kurs belgiladi. Dollar kursi keskin oshdi. Markaziy bankning izohlashicha, ushbu holatning shakllanishiga qator tashqi va ichki omillar ta’sir ko‘rsatdi.

Joriy yilning iyul oyi ikkinchi yarmidan boshlab, ayniqsa so‘nggi haftada, ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaning milliy valyutaga nisbatan kursi o‘sish sur’atlarining tezlashishi kuzatildi, deyiladi xabarda.

Markaziy bank izohida kurs oshishiga sabab bo‘lgan tashqi va ichki omillar sanab o‘tiladi:

Tashqi omillar. Joriy yilning iyul oyidan boshlab, O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklari bo‘lgan ba’zi mamlakatlarda (shu jumladan Rossiya, Qozog‘iston va Xitoy) milliy valyutalarning qadrsizlanishi tendensiyasi rivojlanmoqda, bu ma’lum darajada valyuta bozori ishtirokchilari tomonidan valyuta kurslari va qarorlarni qabul qilish jarayoniga ta’sir qiladi.

Ichki omillar asosan xo‘jalik yurituvchi subyektlar - import qiluvchilar tomonidan chet el valyutasiga talabning ortib borishi bilan bog‘liq.

Ichki valyuta bozorida talab va taklifning nisbiy barqarorligi sharoitida Markaziy bankning asosiy maqsadi ishlab chiqaruvchilardan monetar oltinni sotib olish natijasida yuzaga kelgan ortiqcha likvidlikni sterilizatsiyalash bo‘lib, bunda ichki valyuta bozorida qisqa muddatli kurs o‘zgarishini yumshatish uchun vosita sifatida ishlatiladi.

Shu bilan birga, ichki valyuta bozoridagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda, Markaziy bank valyuta intervensiyalarini amalga oshirishda kunlik o‘zgarishlarning yanada kengroq yo‘lagiga o‘tmoqda.

Markaziy bank qisqa muddatli o‘zgaruvchanlikni davom ettirish va fundamental trendga qaytishni davom ettirish bilan kursni ma’lum bir darajada tartibga solishni istisno etmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 24) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют