» » O‘zbekistonda dollar kursi 16,60 so‘mga oshdi

O‘zbekistonda dollar kursi 16,60 so‘mga oshdi


O‘zbekiston Markaziy banki 2018-yil 4-yanvardan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 16,60 so‘mga oshdi. Endilikda uning narxi 8136 so‘m 67 tiyin etib belgilandi.

Yevroda ham o‘sish kuzatildi: 150,68 so‘mlik o‘sish oqibatida ushbu valyuta kursi 9775,40 so‘mga teng bo‘ldi.

Rubl kursi esa 3 so‘m 7 tiyinga oshib, 142,37 tiyinni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют