» » Markaziy bank dollarning yangi kursini har dushanba e’lon qiladi

Markaziy bank dollarning yangi kursini har dushanba e’lon qiladi


O‘zbekiston Markaziy banki faqatgina bozor mexanizmlarini qo‘llash orqali belgilangan yangi valyuta kursi yuzasidan bayonot berdi.

Eslatib o‘tamiz, 5-sentabrdan e’tiboran O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 8100 so‘mga teng. Dollar kursi 29-avgustdab belgilangan avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 3889 so‘m 65 tiyinga oshdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2-sentabr kuni imzolangan “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonga muvofiq, milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini belgilashda faqatgina bozor mexanizmlarini qo‘llash valyuta bozorini yanada liberallashtirish sohasida davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

2003—2017-yillardagi kursga ta’sir qiluvchi omillar dinamikasi tahlili asosida, shuningdek, banklar tomonidan importchi-korxonalarga kelishilgan kurs bo‘yicha xorijiy valyutani realizatsiya qilish bo‘yicha sinov savdolari natijalarini hisobga olib, hozirgi vaqtda valyuta kursining taqribiy mo‘’tadil kursi 1 AQSh dollari uchun 8000—8150 so‘mni tashkil etadi.

Shu munosabat bilan, Markaziy banki valyuta kursi 2017-yil 5-sentabrdan boshlab 1 AQSh dollari uchun 8100 so‘m darajasida belgilandi.

Markaziy bank kursi, avvalgidek, hafta davomida valyuta birjasi savdolari chog‘ida qayd etilgan kurslarning o‘rtacha miqdori sifatida har dushanba kuni belgilanadi va O‘zbekiston hududida valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublika valyuta birjasidagi xorijiy valyuta oldi-sotdisi bo‘yicha banklararo savdo sessiyalari har kuni o‘tkaziladi, unda valyuta kursi xorijiy valyutaga nisbatan joriy talab va taklif nisbatidan kelib chiqib belgilanadi va valyuta birjasi saytida e’lon qilinadi.

Markaziy bank bayonotidan

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-09-2017, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют