» » Liga 1. “Lion” safarda “Monako”ni yirik hisobda yengdi (video)

Liga 1. “Lion” safarda “Monako”ni yirik hisobda yengdi (video)


9-avgust, juma kuni futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining yangi mavsumiga start berildi.

Mavsumning ilk o‘yinida “Monako” va “Lion” jamoalari o‘zaro bahsga kirishdi.

Uchrashuvning 5-daqiqasida Mussa Dembele “Lion”ni oldinga olib chiqdi. 30-daqiqada mezbonlar Fransesk Fabregasning chetlatilishidan keyin bir kishi kam bo‘lib qoldi.

36-daqiqada Memfis Depay hisobni oshirgan bo‘lsa (0:2), o‘yin yakunlanishi arafasida Lyuka Tuzar jamoasining uchinchi golini urdi.

Shu tariqa, o‘tgan mavsumni muvaffaqiyatsiz o‘tkazgan “Monako” yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi.

Fransiya chempionati

1-tur

9-avgust, juma

Gollar: 0:1 – 5 Dembele, 0:2 – 36 Depay, 0:3 – 80 Tuzar.

“Monako” – Lekomt, Agilyar, Glik, Panzo, Ballo-Ture, Henrixs (Traore, 74), Jemerson, Jelson Martinsh, Fabregas, Roni Lopesh (Silla, 81), Foster (Boshilya, 46).

“Lion” – Antoni Lopesh, Dyubua, Andersen, Denayer, Kone (Tete, 86), Tiago Mendes, Tuzar, Auar (Jan Lukas, 77), Traore (Korne, 83), Dembele, Depay.

Ogohlantirishlar: Auar (33), Benalyo (33), Ballo-Ture (54), Dyubua (63).

Chetlatish: Fabregas (30).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют