» » Toshkentda 23 yoshli qizni jarohatlagan erkak va ayol qo‘lga olindi

Toshkentda 23 yoshli qizni jarohatlagan erkak va ayol qo‘lga olindi


Toshkentda 23 yoshli fuqaroni urib, unga tan jarohati yetkazgan yigit va qiz ushlandi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

3-avgust kuni taxminan soat 6:30 da Yakkasaroy tumani Muqimiy ko‘chasida 27 yoshli Abduqodir I. va 25 yoshli Sogdiana R. jamoat joyda 23 yoshli Nasibaxon Y.ga hujum qilib, unga tan shikastlari yetkazgan.

Natijada jabrlanuvchi tibbiy yordam uchun murojaat qildi. O‘tkazilgan tadbirlar davomida Abduqodir I. va Sogdiana R.lar poytaxt IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi (Bezorilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют