» » Toshkentda birovga tegishli Nexia-2 avtomobilini olib qochgan 21 yoshli yigit qo‘lga olindi

Toshkentda birovga tegishli Nexia-2 avtomobilini olib qochgan 21 yoshli yigit qo‘lga olindi


Toshkentda avtomobil olib qochganlikda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

18-may kuni taxminan 17:00 da ichki ishlar organlariga 39 yoshli Tohir M.dan xabar kelib tushdi.

Unga ko‘ra, noma’lum shaxs Chilonzor tumani Furqat ko‘chasidagi Muqimiy teatri yaqinida qoldirilgan Tohir Mga tegishli bo‘lgan Nexia-2 rusumli avtomobilni olib qochgan.

Mashina kaliti avtomobil ichida qoldirilgan bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida bir soat o‘tmasdan YPX va PPX xodimlari qidirilayotgan mashinani va uni olib qochganlikda gumonlanuvchi shaxsni Chilonzor tumanidagi Novza masjidi yonidan topdi.

Avtomobil to‘xtatildi, gumonlanuvchi – 21 yoshli muqaddam sudlangan Husniddin Zoirov esa qo‘lga olindi. Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

“Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Avtomobilingizning kalitini o‘t oldirgichda qoldirmang. Imkon qadar mashinangizni qo‘riqlanadigan avtoturargohda qoldiring”, — deyiladi poytaxt IIBB xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют