» » Toshkentda Lacetti olib qochgan va IIBB xodimlari talabiga bo‘ysunmagan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda Lacetti olib qochgan va IIBB xodimlari talabiga bo‘ysunmagan shaxs qo‘lga olindi


13-mart kuni soat 22.50 da ichki ishlar idoralariga 37 yashar A’zamjon Sh.dan Chilonzor tumanining Farhod ko‘chasida o‘t oldirish kaliti bilan qoldirilgan Lacetti rusumli mashinasi olib qochilgani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchtepat tuman patrul-post xizmati xodimlari tomonidan “Qo‘lga olish” rejasi e’lon qilindi. Soat 23.10 da qidiruvga berilgan avtomobil va gumonlanuvchi tumanning 12-dahasida ekanligi aniqlandi.

Gumonlanuvchi xodimlarning talabiga bo‘ysunmadi, harakatni davom ettirdi va yashirinishga urindi.

Shunga qaramay, mashina to‘xtatildi, gumonlanuvchi esa qo‘lga olindi. U Toshkent viloyatida yashovchi 33 yashar Bavurjon Yu. bo‘lib chiqdi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют