» » Abdulla Aripov Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi

Abdulla Aripov Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi


Turkmanboshi shahrida o‘tayotgan birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi doirasida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikning joriy holati ko‘rib chiqildi.

Birinchi Kaspiy iqtisodiy forumining davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish, Kaspiybo‘yi davlatlari bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

Turkmaniston prezidenti O‘zbekiston delegatsiyasining forumdagi ishtirokini yuqori baholadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Eronning birinchi vitse-prezidenti Is’hoq Jahongiriy bilan ham uchrashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют