» » “Agrobank” rahbariyati tadbirkorlar ishtirokida sayyor uchrashuv o‘tkazdi

“Agrobank” rahbariyati tadbirkorlar ishtirokida sayyor uchrashuv o‘tkazdi


9-avgust kuni “Agrobank” ATB boshqaruv raisi tomonidan Sirdaryo viloyati Guliston tumanida kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tadbirkorlar ishtirokida sayyor uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolar hamda faoliyatini yanada kengaytirish niyatida bo‘lgan kichik biznes vakillari hamda bank mijozlari bo‘lgan jismoniy shaxslar ishtirok etishdi. Jonli muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda 50 ga yaqin fuqaroning murojaatlari o‘rganib chiqildi hamda murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi.

Sayyor qabulda nafaqat tadbirkorlarni qiynab kelayotgan masalalar, shikoyatlar tinglandi, shuningdek mijozlar tomonidan bank faoliyatini takomillashtirish hamda mijozlarga yanada qulayliklar yaratish borasida talab va takliflar ham kelib tushdi.

Mazkur ochiq muloqot “Agrobank” ATB tomonidan Respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют