» » O‘zbekiston Liga Kubogi. Barcha yarim finalchilar ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston Liga Kubogi. Barcha yarim finalchilar ma’lum bo‘ldi


14-avgust, chorshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Liga Kubogining chorak finali uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Qarshining “Nasaf” klubi mehmonda “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

O‘yindagi yagona golga qo‘qonliklar hujumchisi Shahboz Erkinov 54-daqiqada mualliflik qildi.

Shu tariqa Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari musobaqaning 1/4 finalida “Qo‘qon-1912”ga kichik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqadagi yurishini to‘xtatdi (0:1).

Shu kuni Samarqandning “Dinamo”si o‘z maydonida “Andijon”ni qabul qildi.

Bellashuvning 68-daqiqasida Andijon klubi vakili Ildar Mamatkazin o‘z darvozasiga gol urib qo‘ygan bo‘lsa, 77-daqiqaga kelib “Dinamo” hujumchisi Bahodir Nasimov hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, andijonliklar a’zosi Davron Isoqov hisobni qisqartirdi (2:1).

Natija “Dinamo” o‘z uyida “Andijon”ni mag‘lub etib, musobaqaning keyingi bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shota Arveladze qo‘l ostidagi Toshkentning “Paxtakor” klubi “Sho‘rtan”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida “sherlar” a’zolari Dostonbek Hamdamov (65, 90+3) dublga erishgan bo‘lsa, Sherzod A’zamov o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi (3:0).

Shu tariqa “Paxtakor” “Sho‘rtan” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, Liga Kubogining yarim finaliga yo‘l oldi.

Mirjalol Qosimov boshliq Olmaliqning OKMK jamoasi Bekobodning “Metallurg” klubi bilan bellashdi.

Bahsning 37-daqiqasida OKMK hujumchisi Zafar Polvonov o‘yindagi yagona golga mualliflik qildi (1:0).

O‘zbekiston Liga Kubogining 1/4 final bahslari yakuniga ko‘ra, yarim finalda “Qo‘qon-1912”, “Dinamo”, “Paxtakor” hamda OKMK jamoalari ishtirok etadigan bo‘ldi.

O‘zbekiston Liga Kubogi

1/4 final bahslari

14-avgust, chorshanba

Gol: 1:0 — 54 Shahboz Erkinov

Gollar: 1:0 — 68, avtogol, Ildar Mamatkazin, 2:0 — 77 Bahodir Nasimov, 2:1 — 79 Davron Isoqov

Gollar: 1:0 — 50 Sherzod Azimov, 2:0 — 65 Dostonbek Hamdamov, 3:0 — 90+3 Dostonbek Hamdamov

Gol: 1:0 — 37 Zafar Polvonov

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют