» » Zubayra Tuxugov Nurmagomedov—Porye jangi oldidan UFC debyutanti bilan jang qiladi

Zubayra Tuxugov Nurmagomedov—Porye jangi oldidan UFC debyutanti bilan jang qiladi


Rossiyalik UFC jangchisi Zubayra Tuxugov Abu Dabida bo‘lib o‘tadigan UFC 242 musobaqasida oktagonga qaytadi.

Tuxugovga debyutant Leron Myorfi raqib bo‘ladi. Zubayra so‘nggi bor 2016-yilning 14-mayida jang o‘tkazgandi. O‘shanda u hakamlar qaroriga ko‘ra Renato Karneyroga imkoniyatni boy bergan. Tuxugov UFC’da to‘rtta jang o‘tkazib, ularning uchtasida zafar quchgan. Britaniyalik Leron Myorfi professional faoliyati mobaynida beshta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan, biroq UFC’da hali jang qilmagan.

Ma’lumot uchun, Abu Dabidagi UFC musobaqasining asosiy voqeasi Habib Nurmagomedov va Dastin Porye o‘rtasidagi jang bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Tuxugov va Abubakar Nurmagomedov bir yilga, Habib esa 9 oy muddatga diskvalifikatsiya qilingan edi. Keyinchalik Zubayra va Abubakarning diskvalifikatsiya muddati qisqartirilgan.

Yanada ko‘proq UFC va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют