» » O‘zbekiston “Harbiy-tibbiy estafeta” xalqaro tanlovida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston “Harbiy-tibbiy estafeta” xalqaro tanlovida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi


“ArMI—2019” doirasida o‘tkazilgan “Harbiy-tibbiy estafeta” xalqaro tanlovi yakunlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga ma’lum qildi.

Joriy yilning 4—15-avgust kunlari O‘zbekistonda birinchi bor Xalqaro armiya o‘yinlarining “Harbiy-tibbiy estafeta” yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi.

12 kun davom etgan musobaqada 11 ta davlatning 200 nafarga yaqin harbiy-tibbiyot mutaxassisi nafaqat yuqori malaka va mahoratlarini namoyish qildi, balki harbiy birodarlik va do‘stona munosabatlarni ham ko‘rsatdi.

Bu yilgi musobaqada Angola, Armaniston, Ozarbayjon, Zimbabve, Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Tojikiston, Myanma, Vyetnam va O‘zbekiston davlatlari ishtirok etdi.

Beshinchi bor o‘tkazilgan Xalqaro armiya o‘yinlari bu yil rekord darajadagi ishtirokchilar soni — 36 davlatning 217 ta jamoasidan 5 mingdan ziyod harbiy mutaxassislar qatnashdi.

“Forish” poligoni mezbonlik qilgan “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovining final bosqichida “Xalqaro tanlov g‘olibi” nominatsiyasi bo‘yicha umumjamoa hisobida o‘rinlar qo‘yidagicha taqsimlandi:

1-o‘rin — O‘zbekiston Respublikasi (5979 ball).

2-o‘rin — Qozog‘iston Respublikasi (5116 ball).

3-o‘rin — Rossiya Federatsiyasi (4992 ball).

Harbiy shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan mazkur musobaqa eng kuchli mutaxassislarining shiddatli va murosasiz bahslariga boy bo‘ldi. Ishtirokchilar barcha shartlarda yuksak kasbiy mahorat va matonat namunalarini namoyish qildi.

“Harbiy-tibbiy estafeta” xalqaro tanlovining yopilish marosimi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikromov hamda Mudofaa vazirligi Tibbiy ta’minot boshqarmasi boshlig‘i, tibbiy xizmat polkovnigi Nosirjon Fozilov respublika markaziy bosma va elektron nashrlarida faoliyat yuritadigan o‘nlab jurnalistlarga o‘tkazilgan musobaqa tartibi va g‘oliblari haqida batafsil ma’lumot berdi. Jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa g‘olibi Gentra avtomobili bilan taqdirlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют