» » Markaziy harbiy okrugda yosh tankchilar tungi va kunduzgi otish mashg‘ulotini o‘tkazdi (foto+video)

Markaziy harbiy okrugda yosh tankchilar tungi va kunduzgi otish mashg‘ulotini o‘tkazdi (foto+video)


15-avgust, payshanba kuni Markaziy harbiy okrug qismlarida xizmat qilayotgan yosh tankchilar bilan O‘zbekistondagi birinchi raqamli “Kattaqo‘rg‘on” poligonida kunduzgi va tungi nishonlarga o‘q otish mashg‘uloti o‘tkazilib, jangovar texnikada taktik harakatlar amalga oshirildi. Bu haqda “Daryo”ga Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kunduzgi va tungi nishonlarga o‘q otish mashg‘ulotida joriy yilda muddatli harbiy xizmatni tugatib, shartnoma bo‘yicha xizmatga qolgan yosh tankchilar T-72 jangovar tankiga o‘rnatilgan stvol hamda 14,5 mmli plumyotidan mashq bajardi.

Shuningdek, yosh harbiylar o‘quv yig‘ini davomida dala maydonida jangovar texnikani mohirona boshqarish, otish, texnik xizmat ko‘rsatish va boshqa harbiy fanlar bo‘yicha amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, 2X35 markali kichik kalibrli o‘q otar quroli T-72 jangovar tankidagi asosiy 125 millimetrli to‘p ichiga o‘rnatilib, o‘q-dori kam sarflab, samarali otishni o‘rgatishdan iborat. Ushbu bosqichdan so‘ng asosiy to‘pdan amaliy otish mashqlari o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют