» » Samarqandda o‘quvchi yoshlar dala-o‘quv maydonida ko‘rgazmali amaliy mashg‘ulot o‘tadi (foto)

Samarqandda o‘quvchi yoshlar dala-o‘quv maydonida ko‘rgazmali amaliy mashg‘ulot o‘tadi (foto)


Samarqandda Markaziy harbiy okrug 13060-harbiy qism tashabbusi bilan Temurbeklar maktabi hamda kollej o‘quvchilari uchun Nurobod tumanining Sazog‘on hududida joylashgan harbiy qism dala-o‘quv maydonida ko‘rgazmali amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhol Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Harbiy qism dala-o‘quv maydonida tadbir ishtirokchilariga nishonlarga o‘q otish, hududni o‘rganish, qulay pozitsiya tanlash, amaliy tarzda qo‘yilgan jangovar vazifani bajarish kabi mashqlar namoyish etildi. Yoshlarga jangovar qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar imkoniyatidan, zamonaviy axborot texnologiyalari va aloqa vositalaridan unumli foydalanish yuzasidan zarur tushunchalar berildi.

Ko‘rgazmali amaliy mashg‘ulot davomida harbiy xizmatchilar tomonidan o‘quvchi yoshlarga qurol-yarog‘larni qo‘llash tartibi, uning imkoniyatlari haqida to‘liq ma’lumotlar berildi. Shuningdek tadbirda harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari namoyish etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют