» » Mudofaa vazirligi Qoraqalpog‘iston va Xorazmda sayyor qabullar o‘tkazdi

Mudofaa vazirligi Qoraqalpog‘iston va Xorazmda sayyor qabullar o‘tkazdi


Mudofaa vazirligining bir guruh mas’ullari ishtirokida Qoraqalpog‘istonning  Nukus, Qo‘ng‘irot va Taxiatosh tumanlarida hamda Urganch shahrida sayyor qabullar o‘tkazildi. Bu haqda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, qabul davomida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport, bank va kredit, bandlikka ko‘maklashish kabi ijtimoiy-maishiy muammolar o‘z yechimini topgan.

— Men, Andijon viloyati Marhamat tumanidanman, — deydi shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Xayrulla Saynayev. — Bir yildan so‘ng pensiya yoshiga yetaman. Farzandim muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytdi. U ham men kabi Vatan himoyachisi bo‘lib, Qurolli Kuchlar safida shartnoma bo‘yicha xizmat qilmoqchi. Mudofaa vazirligi kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘iga murojaat etganimda, ijobiy javob oldim.

“Sayyor qabul davomida jami 277 ta murojaat o‘rganildi. Shundan 196 tasi joyida hal qilinib, 81 tasi esa tegishli tashkilot va idoralarga taqdim etildi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют