» » Nukusdagi sayyor qabulda 112 nafar fuqaroning harbiy sohaga oid muammolari hal etildi

Nukusdagi sayyor qabulda 112 nafar fuqaroning harbiy sohaga oid muammolari hal etildi


10-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida harbiy xizmat masalalari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Unda O‘zbekiston Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi mudiri Halimboy Xoshimov, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Dilshod Choriyev, Nukus harbiy prokurori Bahodir Xudoyberdiyev hamda shahar hokimligi vakillari ishtirok etdi.

O‘tkazilgan sayyor qabulda 200 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etib, o‘zlarining harbiy sohaga oid muammolari bilan murojaat qildi.

“Barcha murojaatchilarning shikoyat va muammolari kun davomida batafsil o‘rganilib, 112 nafarining harbiy masalalar bo‘yicha murojaatlari ijobiy hal etildi”, — deyiladi xabarda.

Navbatdagi sayyor qabul 14-may kuni Nukus tumanida o‘tkaziladi. 28-iyun kuniga qadar esa Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlarida reja asosida sayyor qabullar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют